Qabul24 haqida

Qabul24 — O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarini bir joyda ko‘rish, solishtirish va ularga onlayn hujjat topshirish uchun platforma. Maqsadimiz oddiy: abituriyent qabul jarayonida kerakli ma’lumotni izlab yurmasin, hamma narsa bitta sahifada bo‘lsin.

Platformada nima qilish mumkin

  • OTMlar ro‘yxatini hudud, muassasa turi, ta’lim tili, ta’lim shakli va kontrakt narxi bo‘yicha filtrlab ko‘rish.
  • Ta’lim yo‘nalishlarini solishtirish: kontrakt narxi, davomiyligi, ta’lim tili va qaysi OTMda mavjudligi.
  • Topshiradigan fanlaringizdan kelib chiqib mos yo‘nalishlarni qidirish (“Fanlar” bo‘limi).
  • Grant va stipendiya imkoniyati bor yo‘nalishlarni ko‘rish.
  • Qabul, imtihon muddatlari va OTM e’lonlari bo‘yicha yangiliklarni o‘qish.
  • Tanlangan yo‘nalishga platformadan onlayn hujjat topshirish va ariza holatini kuzatib borish.

Kimlar uchun

  • Bakalavr va magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan abituriyentlar uchun.
  • Farzandiga OTM tanlashda yordam beradigan ota-onalar uchun.
  • O‘z yo‘nalishlari, kontrakt narxlari va qabul shartlarini bir joyda e’lon qilmoqchi bo‘lgan OTMlar uchun.

Hujjat topshirish qanday kechadi

  • Ro‘yxatdan o‘tish telefon raqami va SMS tasdiqlash kodi orqali amalga oshiriladi.
  • Keyin yo‘nalish tanlanadi, kerakli ma’lumotlar kiritiladi va hujjatlar yuklanadi.
  • Yuborilgan arizaning holatini o‘z profilingizdagi “Arizalar” bo‘limida kuzatib borasiz.

Bog‘lanish

Savol, taklif yoki xatolik haqida xabar berish uchun quyidagi manzillardan foydalanishingiz mumkin. Odatda ish kunlari javob beramiz.